Ozon’da o’z biznesingizni yangi imkoniyatlar bilan boshlang
Biznesingizni xalqaro miqyosga olib chiqing, hisob va moliyaviy masalalarni esa yashab turgan mamlakatingiz qoidalari bo’yicha yuriting. Sizning auditoriyangiz — Rossiya va O’zbekiston bo’ylab 67,3 milliondan ortiq xaridorlar
Ozon’da o’z biznesingizni yangi imkoniyatlar bilan boshlang
Biznesingizni xalqaro miqyosga olib chiqing, hisob va moliyaviy masalalarni esa yashab turgan mamlakatingiz qoidalari bo’yicha yuriting. Sizning auditoriyangiz — Rossiya va O’zbekiston bo’ylab 67,3 milliondan ortiq xaridorlar

Ozonning 2025-yildagi o‘sishi

4 marta

O’zbekistondagi sotuvchilar aylanmasi oshdi

5 marta

O’zbekistondagi sotuvchilar buyurtmalari soni oshdi

3,5 marta

O’zbekistonda xaridorlar soni ko’paydi

Sotuvdagi muvafaqqiyatingiz uchun

Ozon’ning O’zbekistondagi yuridik shaxsi bilan shartnoma

Biznesingizni rivojlantiring va o’zingiz yashayotgan mamlakat qoidalari asosida hujjatlarni yuriting

To’lovlarning minimal cheklovi yo’q

Sotuvdan pullaringizni istalgan hajmda yechib oling — hech qanday cheklovlar yo’q

Sharhlarni boshqarish

2027-yil 1-iyulgacha qo‘shimcha to‘lovsiz obunani ulab, mijozlar ishonchini oshiring

So‘mda barqaror to’lovlar

Tovar sotilgandan 3 kundan so’ng pullaringizni O’zbekistondagi istalgan bankka qabul qilasiz

Jozibador tariflar

Marketpleysga turli toifadagi tovarlar sotuvi uchun to’lov 5% dan boshlanadi

Xalqaro miqyos

Tovarlaringizni O’zbekiston va Rossiyadagi xaridorlarga soting

Ozon’da sotish oson

Tovarlarni tanlang

«Ozon’da nima sotish kerak» bepul xizmatimizda tovarlar sotuvi bo’yicha tahlilni ko’rib, o’zingizga ma’qulini tanlashingiz va bo’lajak daromadlaringizni ham hisoblashingiz mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun telefon raqami yordamida ro’yxatdan o’tish kifoya

O’zbekistonlik sotuvchilar uchun Telegram kanalimizga obuna bo’ling

O’zbekistonlik sotuvchilar uchun Telegram kanalimizga obuna bo’ling

Savollar va Javoblar

Ozon’da kimlar savdo qilishi mumkin?
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar qilgan shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi oilaviy korxonalar hamda dehqon xo‘jaliklari ham Ozon’da savdo qilishi mumkin. Agar biznesingizni rivojlantirishni istasangiz — Ozon’da ro‘yxatdan o‘ting!
Tovarlarimni qaysi mamlakatlarda sotishim mumkin?
Siz tovarlaringizni Oʻzbekiston va Rossiya xaridorlariga sotishingiz mumkin. Sizning auditoriyangiz — 67,3 millionta faol xaridor!
Sotilgan tovarlar uchun toʻlovni qachon olaman?
Xaridor buyurtmani olgach, 3–11 ish kuni ichida sotuvdan tushgan mablagʻni bank hisobingizga oʻtkazamiz. Toʻlovdan platformada ishlash bilan bogʻliq xarajatlar ushlab qolinadi.
Istiqbolli toifani qanday tanlash mumkin?
Siz xaridorlar sotib olishi aniq bo’lgan tovarlarni oldindan tanlashingiz mumkin. Buning uchun doʻkonni roʻyxatdan oʻtkazish shart emas — tahlil xizmati yordamida turli toifalarning salohiyatini taqqoslang va qaysi toifani assortimentingizga qoʻshishni tanlang.
Sizda qanday tariflar mavjud?
FBS ishlash modeli bo‘yicha siz tovarni sotishdan mukofot puli va logistika xarajatlarini to‘laysiz. Qo’shimcha pullik xizmatlar, jumladan tovarni targ’ib qilish uchun alohida tarif mavjud.

Bu haqda Ma’lumotlar bazasida batafsil:
● tovar va xizmatlarni sotishdan mukofot;

● xaridorgacha yetkazib berish xarajatlari;

● boshqa xizmatlar xarajatlari.
Ozon’ni Soliq.uz tizimiga qanday qilib qo’shish mumkin?
O‘zbekistonda tovar sotishni boshlash uchun, soliq organlarining my3.soliq.uz saytida «OMKOZB» XK MChJ mahalliy yuridik shaxsini komissioner sifatida qo‘shing.

Buni qanday amalga oshirish mumkin
1. Soliq organlarining my3.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetingizga kiring.
2. Qidiruv orqali «YTT uchun komissionerlar ro‘yxatini shakllantirish» xizmatini toping va uni tanlang.
3. Saytda ERI yordamida identifikatsiyadan o‘ting.
4. «Komissioner yaratish» bo‘limini oching va «Qo‘shish» tugmasini bosing.
5. Quyidagi maydonlarni to‘ldiring:
● STIR yoki JShShIR — «OMKOZB» XK MChJning 309751214 STIR raqamini kiriting.
● Korxona nomi — maydon avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
● Shartnoma raqami — shaxsiy kabinetingizdagi Ozon bilan tuzilgan shartnoma raqamini «XX-XXXXX/XX» formatida kiriting. Shartnoma raqamini qanday topish mumkin?
● MFO — «OMKOZB» XK MChJ bankining 00450 identifikatorini kiriting.
● Hisob-kitob raqami — «OMKOZB» XK MChJning 20214000005557410001 hisob-kitob raqamini kiriting.
● Shartnoma tuzilgan sana — shaxsiy kabinetingizdagi Ozon bilan shartnoma tuzilgan sanani kiriting.Shartnoma sanasini qanday topish mumkin?
● Shartnomaning amal qilish muddati boshlanishi — shaxsiy kabinetingizdagi Ozon bilan shartnoma tuzilgan sanani kiriting.
● Shartnomaning amal qilish muddati tugashi — 31.12.2031 sanasini kiriting.
● Subkomitentning STIR yoki JShShIR raqami — norezident ID maydonini bo‘sh qoldirish kerak.
● Qo‘mita — «Onlayn-KKM» va «Marketpleys» bandlarini belgilang.
6. Ma’lumotlarni tekshiring va «Saqlash» tugmasini bosing.

Tekshiruv 3 ish kunigacha davom etadi. Ariza holatini my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida kuzatishingiz mumkin.